5 Yanvar 2023 yil 480

Peshku tumani 3-sektoriga qarashli hududlarda ham “xonadonbay” o‘rganish ishlari davom olib borilmoqda

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan hududlar bo‘ylab aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari sektor rahbarlari hamda hududlarga biriktirilgan masʼul rahbarlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Kuni-kecha Peshku tumanining mahallalariga biriktirilgan masʼullar bilan alohida yig‘ilish o‘tkazilib, ular zimmalaridagi vazifalar yuzasidan alohida Yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Bunda hudud profilaktika inspektorlari va mahallalarga biriktirilgan mutasaddi xodimlar bilan ijtimoiy himoya muhtoj va muammoli xonadonlarga kirib, ularning murojaatlarini ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilib, qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash bo‘yicha muammoli masalalar birma-bir o‘rganildi.

Kun davomida jami 810 ta xonadonlar o‘rganilib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Peshku tumani IIB HPB hudud profilaktika inspektorlari tomonidan hududlarda yashovchi fuqarolarning o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklari ham atroflicha o‘rganilib, mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida o‘zaro kelishmovchiliklar yarashtirish orqali ijobiy hal etildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida kiberjinoyatchilik va uning turlari, sodir etilish mexanizmlari, yangi usul va uslublari, xususan plastik kartalardan firibgarlik yoki yashirin ravishda pul yechib olish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xonadon o‘g‘irliklarini oldini olish, qarz-oldi berdisi bilan bog‘liq holatlar qonuniy tartibda rasmiylashtirishga doir profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Peshku tumani IIB xodimlari va favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda

qish mavsumida sodir etilishi mumkin bo‘lgan yong‘in va aholini is gazidan zaharlanishi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shu bilan birga ichki ishlar organlari va tibbiyot muassasalarining profilaktik hisobida turuvchi shaxslar tomonidan jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida mazkur toifa shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar doirasida tuman dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda narx navosi ham ko‘zdan kechirildi. Jarayonda narx navoning asossiz oshib ketishini oldini olish, oziq ovqat zaxiralarini yaratish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech