14 Aprel 2023 yil 491

Peshku tumani IIBda 3 oylik ish natijalari muhokama qilindi

Maʼlumki, viloyat bo‘ylab Ichki ishlar organlarida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning choraklik yakunlari chuqur tahlil qilinib, keng muhokama qilib kelinmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i Oqil Hasanov boshchiligida Peshku tumani IIB tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari ishtirokida xodimlarning kundalik ish faoliyati, mahallalarda 3 oy davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazilib, hisobotlar tinglandi.

Bunda, jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, hamkorlikda faoliyat olib boruvchi boshqa sohaviy xizmatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik asosida tashkil etilgan patrullik guruhlarining xizmat yo‘nalishlarini mahallalar kesimida qayta taqsimlash, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlar, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida «mahallabay», «xonadonbay», «fuqarobay» ishlash borasida manzilli topshiriqlar berildi.

Aniqlangan muammolarni hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech