14 Mart 2023 yil 721

Peshku tumanida fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi

Peshku tumani «Malishoyak» mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan S.Sh. ismli erkak qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, tumanning «Yangibozor» mahallasidagi o‘zi yashab kelayotgan xonadonda fohishaxona tashkil qilib, begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelib, buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.

Jumladan, 2023 yil 6 mart kuni I.H. ismli erkak va H.M. ismli ayolning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratib, evaziga 40.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, “mijozlarga” uyni bo‘shatib, bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech