Peshku tumanida tabiiy gaz quvurlariga noqonuniy qurilmalar o‘rnatgan fuqarolar aniqlandi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilayotgan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarliklarni aniqlash, ijtimoiy obyektlar va aholi xonadonlariga gaz bosimini bir meʼyorda yetkazib berishni taʼminlash maqsadida Peshku tumanida huquq-tartibot organlari hamda gaz taʼminoti hududiy bo‘limlari xodimlaridan iborat tezkor guruhlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholi xonadonlarida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tumanining Turkiston, Kuyovxo‘ja mahallalarida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlar davomida jami 520 ta xonadonlar ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda 25 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq, yaʼni gaz quvurlariga so‘rg‘ich moslamalarini o‘rnatish holatlari aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtK. ning 101-moddasiga asosan maʼmuriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sud muhokamasiga yuborildi.