14 Iyun 2023 yil 462

Peshkuda ikki yil muqaddam sodir etilgan qoramol oʻgʻirligi fosh etildi

Peshku tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, nomaʼlum shaxs 2021-yilning 30-may kuni soat taxminan 20:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida, oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, tekin boylik orttirish maqsadida tumanning “Xoʻlbor” mahallasida yashovchi Y.Y. ning yashash uyidagi molxonaning orqa tomonida joylashgan dala maydonida qarovsiz qoldirilgan bahosi 5.500.000 soʻmlik bir bosh qoramolini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, kechiktirib boʻlmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan boʻlsada, jinoyatni fosh etish boʻyicha biror bir ijobiy natijaga erishilmagan.

Ammo qilni qir yoruvchi xodimlarimiz tomonidan jinoyat ishi qayta tiklanib, olib borilgan qoʻshimcha surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Kogon tumani “Xoʻjayakshaba” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan A.M. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.

Bugungi kunda gumon qilinuvchining boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech