14 Iyun 2023 yil 420

Peshkuda ko‘chmas mulk savdosiga oid yana bir yirik firibgarlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Peshku tumani IIB bergan ma'lumotga ko‘ra, “DEDEMAN” MCHJ tomonidan 23 nafar fuqaroga ko‘p qavatli uy-joyning 1-qavatidagi savdo do‘konlari kv. metrini 4 mln 600 ming so‘mdan hisoblab maydoni 995.53 kv. metr bo‘lgan savdo do‘konlarini jami 4 mlrd. 480 mln. so‘mga sotib, fuqarolardan pul mablag‘alarini naqd ko‘rinishida to‘liq olgan bo‘lsada, ushbu fuqarolarga savdo do‘konlari va yashash xonadonlarini tegishli tartibda rasmiylashtirib bermasdan, MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan ushbu ko‘p qavatli uy-joyning 1-qavatida joylashgan foydali maydoni 995.53 kv.metr bo‘lgan 23 ta savdo do‘konini “Azia Alians Bank” ATB Buxoro filialiga garov ta’minoti sifatida qo‘yib, jami 1 mlrd 300 mln. so‘m kredit mablag‘lari olingan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi 648-sonli qaroriga zid ravishda, ushbu ko‘p qavatli uy-joyning yer to‘lasidan vaqtincha foydalanish tartibiga rioya qilinmasdan, MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarni aldab, ularning nomlariga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, har bir kv.metrini 3 mln. 600 ming so‘mdan sotish bo‘yicha shartnoma tuzilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublika Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech