Peshkг tumanida voyaga yetmagan shaxslar o‘g‘irlik sodir qildi
2022 yil 23 dekabr kuni nomaʼlum shaxs, Peshku tumani Navoiy mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.S. ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uy ichidan unga tegishli bo‘lgan 5.000.000 so‘mi, 2.000 AQSH dollari va 7000 Rossiya rublini, shuningdek, bahosi 2.000.000 so‘mlik «Samsung» rusumli uyali telefonini hamda unga tegishli bo‘lgan chet elga chiqish pasportini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Peshko‘ tumanida yashovchi, voyaga yetmaganlar 2006 yilda tug‘ilgan K.I. tengdoshi Ch.N. bilan oldindan jinoiy til biriktirib sodir qilganliklari aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda