Plastik kartadan pul o‘margan farg‘onalik shaxs ushlandi.
2022 yil 15 iyun kunidan 31 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Peshko‘ tumani Yangibozor mahallasida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan Xalq banki tuman filiali tomonidan berilgan plastik kartasi hamda yana 9 nafar fuqarolarning plastik kartalaridan jami 35.566.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-taroj qilib, jinoyat sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan S.D sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.