Profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Xabar berganimizdek, shu kunlarda viloyat hokimi Botir Zaripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 10 - 11 avgust kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini viloyatda samarali tashkil etish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilidan kelib chiqib, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, bu borada kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash maqsadida hududlarda profilaktika inspektorlari bilan uchrashmoqda.
Ana shundan tadbirlardan navbatdagilari Qorovulbozor, Kogon tumani hamda Kogon shahridagi mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘tkazildi.
Viloyat rahbari profilaktika inpektorlarining avvalo, shaxsiy hayoti, shuningdek, xizmat olib borayotgan hududlaridagi muammo va takliflarini birma-bir tingladi.
Shu bilan birga profilaktika inspektorlari oldida turgan eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligi taʼkidlandi. Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash masalasiga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi faoliyat mahallalar kesimida tanqidiy tahlil etildi.
Viloyat hokimi mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, ajrimlarni kamaytirish, yoshlar tarbiyasida mahallaning rolini oshirish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga, odam savdosiga qarshi hushyorlikni oshirish singari dolzarb masalalar xususida atroflicha to‘xtaldi.
Shuningdek, qonunbuzarliklarning sabab va omillariga eʼtibor qaratilib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlashga yangicha yondashish, profilaktika inspektorlarining davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Shahar – tumanlar hokimlari va IIB boshliqlari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etgan uchrashuvlarda tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligi taʼkidlandi.
Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash, profilaktika inspektorining ishini yengillashtirish bilan birga natijadorligini oshirish maslalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu borada ayrim hududlardagi profilaktika inspektorlarining faoliyati tanqidiy tahlil etildi hamda profilaktika inspektorlarning bilimini oshirish bo‘yicha rahbar xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bu kabi muloqotlarning viloyatdagi barcha shahar-tumanlarda tasdiqlangan grafik asosida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.