2 May 2023 yil 593

Profilaktika inspektorlari oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish tavsiyanomasini qo‘lga kiritish uchun test sinovlarini topshirdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish va faoliyat samaradorligini tubdan oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-23-son qarori hamda IIVning joriy yil 26 apreldagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosi yuzasidan bir qator rejali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2023-2024-o‘quv yili uchun hududlarda profilaktika inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari sirtqi taʼlim shakliga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladigan xodimlarni aniqlash maqsadida bugun, 2-may kuni Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida xizmat olib borayotgan jami 85 nafar profilaktika inspektorlari maxsus test sinovlaridan o‘tkazildi.

Taʼkidlash joizki, ushbu islohotlar ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari oldida turgan muhim vazifalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashga muhim zamin yaratadi.

Text to speech