24 Noyabr 2022 yil 745

Psixotrop moddalar tarqalishining oldi olindi.

Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan hududlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish maqsadida bir qator tezkor hamda profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida olingan tezkor xabar asosida “Sano Kamol Med Farm” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi 6 dona oq qizil rangli kapsulani boshqa bir fuqaroga jami 350.000 so‘mga sotgan vaqtda ushlangan. Shuningdan so‘ng dorixona ko‘zdan kechirilganda sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan, savdoda bo‘lgan jami 99 dona oq qizil rangli kapsulalar, 200 dona “Fenibut 250 mg”, 357 dona “Gabaten 300 mg”, 170 dona “Karbamazapin 200 mg”, 30 dona “Mezakar 200 mg”, 15 dona “Mezakar 400 mg” nomli jami 871 dona dori vositalari hamda 232 dona yelim paketlarga solingan «Margansovka» kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining xulosasiga ko‘ra oq qizil rangli 99 dona kapsulalarning tarkibida «Pregabalin» mavjud bo‘lib, u kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 251/1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech