23 Fevral 2023 yil 559

“Qadriyatlarimiz — bebaho boylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Oilalar xotirjam bo‘lsa, aholi tinch, ko‘ngillar munavvar bo‘ladi. Zotan, oilada o‘zaro hurmat, farzand tarbiyasiga alohida e’tibor, salbiy illatlardan uzoq bo‘lish va ogohlik talab etiladi. 

Shu o‘rinda, milliy qadriyat va an’analarni ulug‘lash, keksa avlod vakillarining oilani mustahkamlash borasidagi boy hayotiy tajribasi bilan bo‘lishish, yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Kogon shahrida navbatdagi ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Bunda, viloyat IIB hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida tuman “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirokida “Ayollar daftari”ga kiritilib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar tomonidan hunarmandlik mahsulotlari, milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyat IIB HPB boshlig‘ining o‘rinbosari, XQMBB boshlig‘i podpolkovnik Dilfuza Sharopova tomonidan hududlarda oilalar tinchligi, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida so‘z yuritilib, bu kabi salbiy holatlar yuzaga kelmasligi bo‘yicha mahalla mas’ullariga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech