Qalbaki pullarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi
Olingan tezkor maʼlumotlarga ko‘ra G‘ijduvon tumani “Pozagari” mahallasida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan R.Q. hamda tumanning “Sharq” mahallasida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan N.A. lar iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi-o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish jinoyatini qasddan sodir etish bilan shug‘ullanganlar.
Xususan, ushbu R.Q. va N.A. ismli shaxslar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, g‘arazli yoki boshqa past niyatlarni ko‘zlab, bir fuqaroga ko‘p miqdordagi qalbaki 10.000 AQSH dollarini 5.000 AQSH dollariga sotishga kelishishadi.
DXX G‘ijduvon tumani bo‘limi, Departamentning Vobkent tuman bo‘limi hamda Ichki ishlar boshqarmasi JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar G‘ijduvon tumani “Y.Hamadoniy” ko‘chasida joylashgan “Bek” restorani orqasida joylashgan avtoturargohda uchrashib, boshqa fuqaroga qalbaki 8.300 AQSH dollarini berib, qolgan 1.700 qalbaki AQSH dollarini tez kunda yetkazishlarini aytib, qalbaki AQSH dollari sotganliklari evaziga 5.000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.