31 Mart 2023 yil 544

“Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari. Buxoro viloyati.

 

Avval xabar berganimizdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishi asosida jinoyat sodir etib surishtiruv, dastlabki tergov hamda sud organlaridan yashirinib yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qidirib topish, jazoning muqarrarligini taʼminlash maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qator tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday tezkor tadbirlar o‘z samarasini berib, bir necha qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergovdan yashiringanligi uchun viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan 2023 yil 18-yanvarda qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Sheyxon ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1993 yilda tug‘ilgan A.J. Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, yashirinib kelayotgan Hindistonning Mumbay shahridagi manzili aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi taʼminlanib “Buxoro xalqaro aeroporti”da qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 6-mintaqaviy hududga qarashli 4-Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ikkinchi bir holatda, JK.ning 226-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2023 yil 27 fevral kunidan JIB Olot tuman sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, 1990 yilda tug‘ilgan R.N. tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida Buxoro shahrida yashirinib yurgan joyi aniqlanib ushlandi hamda Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Keyingi holatda, firibgarlik bilan aybli deb topilgan va 2023 yil 13 mart kunidan JIB Shofirkon tuman sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, tumanning Iskogare mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.A. tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahri hududida qo‘lga olindi.

Yana bir holatda, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, surishtiruv va tergovdan yashiringanligi uchun, Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2023 yil 16 fevralda qidiruv eʼlon qilingan, Peshku tumani Talisobun mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1975 yilda tug‘ilgan H.B. tuman IIB xodimlari tomonidan Buxoroda ushlanib, O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 6-sonli mintaqaviy hududga qarashli 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Tezkor tadbirlarning yana birida, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, dastlabki tergovdan yashiringanligi uchun, Buxoro shahar IIO FMB tomonidan 2022 yil 4 dekabr kuni qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1985 yilda tug‘ilgan S.I. Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida yashirinib kelayotgan manzili aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi IIV xodimlari bilan hamkorlikda ushlanib, O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi taʼminlandi.

Bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech