2 Mart 2023 yil 398

“Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” maxsus tezkor tadbirlari davomida jinoyat sodir etib javobgarlikdan qochib yurgan shaxslar ushlandi.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, sud organlaridan yashiringanligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi tomonidan 2023 yil 3 fevral kunidan qidiruv eʼlon qilingan Shofirkon tumani Xo‘ja Orif mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 2002 yilda tug‘ilgan shaxs Buxoro shahar hududida qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasi IIV JIYED 6-mintaqaviy hudud 4-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 3-qism «b» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB tomonidan 2022 yil 31 iyuldan qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Xushun ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1993-yilda tug‘ilgan S.Oning Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi taʼminlanib, Namangan viloyati IIB ga topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi JK ning 167-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun, Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan 2022 yil 30 iyunda qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar O.Xo‘jayev ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1998 yilda tug‘ilgan N.Nning Rossiya Federatsiyasi Vladivostok viloyati hududida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi taʼminlanib, O‘zbekiston Respublikasi IIV JIYED 6-mintaqaviy hudud 4-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Text to speech