1 Aprel 2023 yil 459

Qonunga xilof ravishda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Buxoro tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "Rabotak" mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan MCHJ rahbari M.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida 5 turdagi 236 dona jami 5.900.000 so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazining xulosasiga ko‘ra ushbu alkogol mahsulotlarining aksiz markalari qalbaki ekanligi tasdiqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech