Qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan joriy yilning 16 may kuni alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Kogon shahrida tezkor tadbir o‘tkazilganda, “Alan Maryam” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari G.A. o‘ziga qarashli savdo do‘konida 31 dona jami 955,0 ming so‘mlik qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Buxoro viloyat IIB ekspert kriminalistika markazining xulosasiga asosan ushbu alkogol mahsulotlarining aksiz markalari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.