1 Iyun 2023 yil 488

“Qoradori-2023” keng ko‘lamli tezkor tadbirlari davomida Buxoro tumanida giyohvandlik vositalarini ekib yetishtirish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olingan maʼlumot asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro tumani “Kulonxona” mahallasida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan R.K. ismli shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirilganda uning yashash hovlisidagi ekin yerida bir tup “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech