3 Iyun 2023 yil 388

“Qoradori-2023” keng ko‘lamli tezkor tadbirlari davomida Kogon shahrida giyohvandlik vositalarini ekib yetishtirish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Kogon shahar IIB hududiy profilaktika inspektori tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida 2023-yil 24-may kuni Kogon shahar Birdamlik ko‘chasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan R.D. ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, u xonadonining tomarqa yerida bir tup “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar IIB tomonidan fuqaro R.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech