2 Iyun 2023 yil
436
“Qoradori-2023” keng ko‘lamli tezkor tadbirlari davomida Qorako‘l tumanida giyohvandlik vositalarini ekib yetishtirish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi
Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning “Xo‘jalar” mahallasida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan A.A. ismli shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirilganda uning yashash hovlisidagi ekin yerida bir tup “Ko‘knor” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.