5 Iyun 2023 yil
448
“Qoradori-2023”: Kogon shahrida yashash uyining omborxonasida giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxs fosh etildi
Kogon shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2023” keng ko‘lamli tezkor tadbirlari davomida 2023-yil 26-may kuni Kogon shahar Do‘stlik mahallasida yashovchi 1960-yilda tug‘ilgan X.I. ismli shaxs o‘zi yashab kelayotgan Kogon shahar “Nafosat” ko‘chasidagi uyining omborxonasida taqiqlangan, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan bir tup “Kannabis” (kanop) o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan fuqaro X.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.