21 Yanvar 2023 yil 578

Qorako‘l tumani: 3 sektor hududi bo‘ylab mahallabay o‘rganish ishlari o‘z samarasini bermoqda

Qorako‘l tumani 3-sektor rahbari ishni dastlab sektor hududida joylashgan 12 ta mahallalarda xizmat olib borayotgan mahalla raislari hamda xokim yordamchilari bilan uchrashib, ehtiyojmand ,"Temir daftar"dagi fuqarolarning mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdan boshladi.

Shundan so‘ng sektor hududida joylashgan Yangiqalʼa mahallasida yashovchi fuqarolar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil qilindi. Bunda aholiga arzon narxlarda 20 turdagi mahsulotlar yetkazildi.

Shu bilan birga sektor rahbarining aholi muammolarini o‘rganish jarayonida Ketmondo‘g‘di hamda Jig‘achi mahallarini bog‘lab turgan va bugungi kunda yaroqsiz holga kelgan ko‘prikni taʼmirlash yuzasidan kelib tushgan shu hudud aholisining murojaatini joyiga chiqib o‘rganib, hal etish choralarini ko‘rdi.

Shuningdek, ushbu mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Temir daftar"ga kirgan fuqarolarga gaz ballonlari va 6 turdagi oziq ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bu kabi ijobiy ishlar viloyatning 3-sektoriga qarashli tumanlar va boshqa barcha shahar-tumanlarning 3-sektoriga qarashli mahallalarda uzluksiz davom etmoqda.

Text to speech