Qorako‘l tumani: Jinoyatchilikni jilovlash borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar
Qorako‘l tumanida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinganda 2022 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 122 moddasida nazarda tutilgan (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash) jinoyati 21 holatda sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.
2023 yil davomida bu turdagi jinoyatlar sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida, bugungi kunda tumanda O‘zbekiston Respublikasi MJtK.ning 47/4-moddasida nazarda tutilgan (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash) huquqbuzarlikni sodir qilgan 116 nafar fuqarolarning har biri bilan yakka tartibdagi profilayetiye ishlari olib borildi.
Keng qamrovli profilaktik tadbirlar natijasida ushbu toifadagi shaxslarning 46 tasi ayni vaqtda ishsiz ekanligi aniqlanib, tuman IIB binosida Qorako‘l tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.
Fuqarolarni ish bilan band qilish orqali ularni doimiy daromad manbaini yaratish choralari ko‘rildi.
Natijada sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish imkoniyati yaratildi.