15 Aprel 2023 yil 424

Qorako‘l tumani: “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida

“Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi”da doirasidagi poraxo‘rlikni oldini olishga qaratilgan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy targ‘ibot tadbirlari Buxoro viloyatida ham qizg‘in olib borilmoqda.

Jumladan, bugun 15-aprel kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev boshchiligida Qorako‘l tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan huquqbuzarlik va xizmat intizomi buzilishi hamda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bunda, xodimlarga xizmat mobaynida poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish borasida ogohlantirishlar berildi.

IIV MMI va KBTD masʼul xodimi Sherzod Mamajonov tomonidan xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga qatʼiy chora ko‘rilishi alohida taʼkidlandi.

Shu kuni xodimlarning xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarning rasmiylashtirilganligi va tartib-qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.

Text to speech