Qorako‘lda velosiped o‘g‘risi qo‘shni tumanlik bo‘lib chiqdi
2023 yilning 7 yanvardan 8 yanvarga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Qorako‘l tumani “Dustlik” mahallasida yashovchi fuqaroning uyi oldida turgan o‘g‘liga tegishli “Bars” rusumli qora-sariq rangli bahosi 2 mln. so‘mlik “sport” velosipedini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinadi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Olot tumani “Qo‘lchovdur” mahallasida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan I.Sh. sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.