5 Aprel 2023 yil 457

Qorovulbozor tumanida telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali firibgarlik qilgan shaxs fosh etildi.

2023 yil 18 yanvar kuni nomaʼlum shaxs axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘zganing mulkin qo‘lga kiritish maqsadida, internet ijtiomiy tarmog‘ining “Telegram” mobil ilovasida onlayn aviachiptalarni sotilishi to‘g‘risidagi eʼlonni qo‘yib, ushbu eʼlon orqali murojaat qilgan, Qorovulbozor tumani Bo‘zachi mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan U.U. ga “Buxoro-Moskva” yo‘nalishidagi aviareysga o‘zi va oila aʼzolarini nomiga onlayn aviachipta sotib olib berishni vaʼda qilib, elektron tarzda rasmiylashtirilgan qalbaki aviachiptalarni taqdim qilgan holda, jami 5.279.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorovulbozor tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan M.M. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning respublikamizning boshqa hududlari hamda vilochtimizda sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech