Qo‘y o‘g‘risi 2 yil o‘tib qo‘lga tushdi
2021-yilning 12-maydan 13-mayga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, Kogon tumani “B.Naqshband” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan yakka tartibda ishlovchi N.N. ismli shaxsning uyi yon tomonida joylashgan qo‘yxonasidan jami bahosi 4.000.000 so‘mlik qo‘chqorini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘sha vaqtning o‘zida bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan tezkor hamda tergov harakatlari olib borilgan. Ammo jinoyatni sodir qilgan shaxs mavhumligicha qolib ketgan.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida ko‘rsatmasi asosida o‘tgan yillarda sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga doir tezkor hamda tergov harakatlarini tiklab, qo‘shimcha surishtiruv va manzilli tadbirlar olib borilishi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng mazkur jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan qo‘shimcha tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Kogon tuman Beklar mahallasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan A.A. sodir qilganligi aniqlandi.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.