Qurilish mollarini olib pulini qaytarmagan firibgar qonun oldida javob beradi
Buxoro tumani "Shergiron" mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan R.J. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, aldash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida 2021 yil oktyabr oyida Buxoro shahar Alatxona aholi punktida joylashgan U.O.ga tegishli xo‘jalik mollari savdo do‘konidan turli xildagi qurilish materiallarini ikki oy muddat ichida pulini qaytarib berish sharti bilan jami bahosi 70.000.000 so‘mlik qurilish materiallarini olib, o‘zining qurilish ishlarida ishlatib, belgilangan muddat ichida pullarini qaytarib bermasdan, o‘ziga bildirilgan ishonchni suiisteʼmol qilib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.