4 Sentyabr 2024 yil 1064

“Raqamlashgan, obod va xavfsiz mahalla tamoyili” asosida Shofirkon tumanining “Dorigar” mahalla fuqarolar yig‘ini misolida “Buxoro tajribasi” yaratiladi

Bugungi kunda, viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanining “Dorigar” mahallasida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tashabbusi bilan mahalla hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini tubdan o‘zgartirish, iqtisodiy o‘sish drayverini yaratish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, xususan, “Raqamlashgan xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallaning kirish va chiqish joylari, markaziy va aholi gavjum ko‘chalarini, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, mavjud tashkilot va idoralar maʼmuriy binolarini zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, muqobil elektr energiyasi manbalari hamda energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish borasida yaratilgan samarali tizim imkoniyatlaridan foydalangan holda eng avval ehtiyojmand oilalar xonadonlariga homiylik asosida, boshqa xonadon va ijtimoiy obyeklarning binolariga esa subsidiya hamda imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan quyosh panellarini o‘rnatish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” tartibda aniqlab, ularga uzil kesil yechim topish, ayniqsa, kam taminlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtojlarni kambag‘allikdan chiqarish, nogiron, og‘ir kasallikka chalinib davolanayotgan, uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar, ularning oila aʼzolari, voyaga yetmagan farzandlari holidan xabar olib, mavjud muammolarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli va manzilli ishlar olib borilmoqda.   

Maʼlumot uchun: “Dorigar” mahallasida 560 ta xonadon, 776 ta oilada 2930 fuqarolar istiqomat qilishadi.

Jumladan, belgilab olingan manzilli tadbirlarni amalga oshirish uchun dastlab, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining tajribali rahbar xodimlaridan 30 nafar, tuman Ichki ishlar bo‘limidan 30 nafar, Dorigar mahallasi yettiligi hamda ko‘cha vakillaridan iborat tarkibda 14 ta ishchi guruh tashkil etilib, bugun erta tongdan “xonadonbay” tizim asosida hatlov o‘tkazildi.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan olib borilgan hatlov, mahalla fuqarolarining murojaatlari va mahalla faollarining takliflaridan shakllangan muammolar birma bir ko‘rib chiqilib, yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida, mahallada amalga oshirilayotgan ish natijalarini ko‘zdan kechirish maqsadida viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunovlar “Dorigar” mahallasiga tashrif buyurib, viloyat hamda tuman 3-sektor shatabi aʼzolari, sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, qishloq va ko‘cha vakillari, nuroniy oqsoqollar, oqila ayollar kengashi aʼzolari, otinoyilar, patronaj hamshiralar va faollar bilan uchrashib, ularning har biri bilan mahallada mavjud muammolar, aholining turmush tarzi, kambag‘allikning haqiqiy ahvolini o‘rgandilar.

Ushbu uchrashuv hamda mahallada faoliyat olib borgan ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan hatlov natijasida aniqlangan masalalar masʼullar ishtirokida birma bir muhokama qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Endilikda, mahallalarni obodonlashtirish, infratuzilmasini tubdan o‘zgartirish, iqtisodiy o‘sish drayverini yaratish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, kam taminlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, ayniqsa, uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, mahllalarda xavfsizlikni taʼminlash, ishsizlik va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, muqobil energiya manbalarini keng joriy etish borasida Shofirkon tumanining “Dorigar” mahalla fuqarolar yig‘ini misolida “Buxoro tajribasi”ni yaratish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech