26 Iyul 2024 yil 1612

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvida berilgan tashabbus amalda

Qizlar ovozi klubi Buxoro viloyati bosh koordinatori Kazimova.U tomonidan viloyat hokimiga berilgan taklif Buxoro viloyati IIB boshqarmasi boshlig‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlanib amaliyotga joriy etildi.

Xotin-qizlar,  voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta turmush, erta tug‘ruqlar hamda tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, ayollar bandligini taʼminlash maqsadida viloyatning barcha tuman, shaharlarida "Muqaddassan ayol" shiori ostida mahallarda uyma-uy targ‘ibot-tashviqot ishlari Romitan tumanining 3-sektoridan start oldi.

Tadbirni, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshlab berdi. Sektordagi oqila ayollar harakati, buvijonlar maktabi, faol qizlar ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatining asosiy vazifasi qizlarimiz qiziqishlaridan kelib chiqib taʼlim olishlariga qarshilik qilmaslik, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘mak berishga qaratildi.

Tuman hududida xotin qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar birma bir tanqidiy tahlil qilindi. Buning asosiy sababi sifatida xotin-qizlar bandligining to‘la taʼminlanmaganligi, huquqiy savodxonlikning pastligi, taʼlim olishidagi to‘sqinliklar ko‘rildi.

Har bir xotin-qiz kelajak nav nihollari, bo‘lajak Ona ekanligi farzand kamoling ildizidir.

Bu kabi targ‘ibot karvoni viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘z faoliyatini olib boradi.

Text to speech