Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Rasmiy sahifalarimizda xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida,
Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida vazirlik va tashkilot rahbarlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan chegara va chekka olis hududlarida aholi bilan muloqotini tashkil etish, ishsizlik va kambag‘allik darajasini qisqartirish hamda mahallalarni obodonlashtirish, infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 26-30 may kunlari viloyatning shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.
Bugun, 26 may kuni Buxoro sharhidagi "Kasbiy ko‘nikmalar markazi"da tashkil etilgan sayyor qabulda Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Buxoro va Kogon shaharlari, Kogon va Qorovulbozor tumanlari aholisining sud-huquq va ichki ishlar organlari xizmat faoliyati bilan bilan bog‘liq 15 ga murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilinganlari yurituvga olinib, har biri bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.