Respublika idoralararo ishchi guruhi aʼzolari ishtirokida erta turmush va erta tug‘uruq holatlarini oldini olish muhokama qilindi
Joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi idoralararo ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazning majlislar zalida Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash hamda Oila va xotin qizlar boshqarmalari, shuningdek, diniy idora vakillari hamda 140 nafar sog‘liqni saqlash boshqarmalari tasarrufidagi tibbiyot muassasalarining tug‘ruq kompleksi mutaxassis shifokorlari ishtirokida, erta turmush, erta tug‘ruq, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, xotin qizlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida profilaktik tushuntirish xarakteriga ega bo‘lgan uchrashuv o‘tkazilib, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarning mustahkamligini taʼminlash hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga oid hamkorlikdagi vazifalarni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlari ham birma bir tahlil qilinib, aniq misollar orqali keng muhokama qilindi. Kelgusida bu kabi noxush holatlarni oldini olish va takroriy sodir etilmasligini taʼminlashga doir amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shu bilan birga soha mutaxassislari va masʼul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, bajarish muddatlari aniq belgilangan mazkur topshiriqlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.