23 Fevral 2023 yil 487

Respublika idoralararo ishchi guruhining Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda

Respublika idoralararo ishchi guruhi tarkibida Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov boshchiligidagi masʼullar bugun, 23-fevral kuni navbatdagi o‘rganishlarini olib bordi.

O‘rganishlar viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida xodimlar va viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdan boshlandi, so‘ngra shahar IIO FMB va uning quyi bo‘linmalarida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlar, ularning natijadorligi, sohaga taalluqli muammolar hamda bunda aholi va shaxsiy tarkib uchun yaratilayotgan sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

Shuningdek, masʼullar davlatimiz rahbarining 2020-yil 11-avgustdagi tegishli qaroriga asosan 2021-yilda tashkil etilgan Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati, bunda bandligi taʼminlanmagan aholini kasb-hunar, tadbirkorlik va chet tillariga o‘qitish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shu kuni Buxoro shahridagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida ham bo‘lib, bu yerda o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar xususan, o‘quv xonalari va zaruriy kitoblar bilan taʼminlanganlik holati o‘rganildi. Tanishish jarayonida yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali shakl hamda usullarni joriy etil etish borasida tegishli maslahatlar berildi.

O‘rganishlar davomida Buxorodagi “Malika Sulton zardo‘zlik va hunarmandchilik markazi” hamda “Lattico” sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ham o‘rganildi.

Text to speech