5 Iyul 2023 yil 814

Respublika idoralararo ishchi guruhi Buxoro viloyatida oʻrganishlar olib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga asosan, Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo respublika ishchi guruhi vakillari viloyat hududida kriminogen vaziyatni yana barqarorlashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarini manzilli bartaraf etish choralarini koʻrdi.

Oʻrganishlar jarayonida aholi muammolarini hal etish, bandlikni taʼminlash, murojaatlarni bartaraf etish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, narx-navolar barqarorligini taʼminlash, , jamoat xavfsizligi va yoʻllarda inson xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga katta eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birgalikda Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvoli, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi, formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi, muammoli fuqarolar boʻyicha profilaktika inspektorlari tomonidan xulosa berish, ishsizlar va sogʻligʻini yoʻqotgan shaxslar bilan hamda nizoli oilalar bilan manzilli ishlash ahvoli oʻrganildi.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari amalga oshirayotgan ishlar koʻzdan kechirilib, faoliyatning natijadorligi tahlil qilindi.

Faoliyati davomida bir guruh mutasaddi rahbarlar asosiz xotirjamlikka berilib, bir qator kamchilikka yoʻl qoʻyganligi oʻrganishlar jarayonida aniqlanib, kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Oʻrganishlar davomida 52 nafar tuman-shahar sektor rahbarlari, 2 720 ta mahalla beshligiga aholining muammolarini hal etish borasida yangi ish uslublarini oʻrgatish boʻyicha 64 marotaba oʻquv-amaliy seminarlar, oliygohlarda 1 724 nafar talabalar orasida Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va yoshlarni diniy ekstremizm oqimlaridan asrash boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlari, bozorlar va shifoxonalarda aholini jinoyatlardan ogohlantirish maqsadida 3 841 dan ortiq bukletlar tarqatildi, 46 ta “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.

Bevosita mahallalarga borgan holda aholining kayfiyatini koʻtarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, kam taʼminlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj toʻrt mingta oilalar oʻrganildi ulardan kelib tushgan 2361 ta murojaatlarning 2309 tasi hal etilishi taʼminlandi, qolgan 52 tasi ijro uchun sektor rahbarlariga topshirildi.

Mahallalarda 42 ta koʻp qavatli uylarida yertoʻla, tom qismi va kommunikatsiya tizimi taʼmirlanib, 25 ta elektr, 6 ta tabiiy gaz, 9 ta oqova va 17 ta ichimlik suvi tarmogʻidagi nosozliklar bartaraf etildi.

Mahallalar hududidan oʻtgan ichki ariqlar va kanallarning 56 chaqirim qirgʻoqlari tozalandi, 63 tonna maishiy chiqindilar olib chiqildi.

Shuningdek, 3 chaqirim yoʻllar shagʻallashtirildi, 4,7 chaqirim asfalt yotqizildi, 7,1 chaqirim yoʻl chiziqlari qaytadan chizilgan, 20 ta piyodalar oʻtish joylari tiklanib, 2 ta yangi zamonaviy svetofor oʻrnatildi va 9 ta svetofor taʼmirlandi. Oʻttiz ta yoʻl belgisi yangidan oʻrnatildi, 27 ta yoʻl belgisi esa yangisiga almashtirildi.

Tabiiy gaz tarmogʻiga ulanmagan mahallalar aholisiga 7 900 ta suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.

572 nafar fuqarolar sayyor tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 76 nafar kasallarga tibbiy xizmat, 29 nafar qariyalarga ijtimoiy yordam koʻrsatildi.

Sogʻligʻida muammosi boʻlgan 146 nafar fuqarolarga joyga chiqqan holda bepul dori-darmon, 2 nafariga nogironlik aravachalar, 3 nafariga eshitish moslamasi, 5 nafariga hassa, 3 nafariga tirsakli qoʻltiq tayoq, 3 nafariga davolanish uchun yoʻllanma (order), 54 nafariga sanatoriylarga yoʻllanma berildi.

26 ta bozor va 4 ta olis mahallalarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilib, aholiga 43,6 tn mahsulotlar arzonlashtirilgan narxda sotilishi taʼminlandi.

11 ta mehnat yarmarka tashkil etilib, 197 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi, 43 nafar ishsizlar doimiy ish oʻrinlariga, 25 nafari esa haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
Mahallalarda 22 ta sayyor qabullar oʻtkazilib, 113 ta murojaatlar hal etildi, 1 503 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

114 nafar aliment toʻlovchi qarzdorlar ish bilan taʼminlandi, 53 nafar shaxslardan 312 million soʻm miqdorida aliment puli undirib berildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan 10 139 ta xonadon oʻrganilib, 414 ta huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar aniqlandi va ularning muammolarni hal etish uchun mahalladagi beshlikka biriktirildi.

124 ta nizoli oilalar oʻrganib chiqilib, 78 ta oilaviy muammolar bartaraf etildi, 23 nafar ayollarga “himoya orderi” rasmiylashtirildi.

Targʻibot ishlari natijasida 39 ta ijtimoiy soha obyektlari hamda 30 ta xonadonlar qoʻriqlash pultiga ulandi.

104 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida va 39 nafar fuqarolar qayta yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hamda 821 nafar fuqarolar oʻzini-oʻzi band qilish boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida oʻtkazilgan kompleks tezkor-profilaktik va maxsus tadbirlar natijasida 3 ta jinoiy va 24 ta maʼmuriy holat aniqlanib, 1 nafar qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi, ilgari sodir etilib, ochilmasdan qolgan 7 ta jinoyatlar fosh etildi.

Yoʻllarda xavfsiz harakatlanishni taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan maxsus “Avtoreyd” tadbirida 1 263 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Text to speech