Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatidagi oʻrganishlari doirasida
IIV ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati hududida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar doirasida bugun, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Berdialiyev boshchiligida Buxoro shahar hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularga qarshi kurashish maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va boshqa jamoatchilik vakillardan tashkil topgan xodimlar bilan xizmat oldi yo‘riqnoma hamda xizmat oldi saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Ularga vijdonan xizmatni o‘tashlari, xizmat joylarini sababsiz tashlab ketmaslik, fuqarolar bilan xushmuomada bo‘lish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilish borasida ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, joriy yilning 9 oyi yakunida ish ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan, sidqidildan va vijdonan xizmat olib borib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan 50 ga yaqin profilaktika inspektorlari, Post-patrul, Yo‘l harakati xavfsizligi, Milliy gvardiya hamda profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarini pul mukofoti va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.