Romitan tumanida giyohvandlik moddasini o‘zgaga sotgan shaxs qo‘lga olindi
Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2023” keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbir doirasida 2023-yil 18-may kuni soat 02:35 larda tumanning “Bog‘cha” mahallasida yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan N.O. ismli shaxs “Afrosiyob” mahallasi Shifokorlar ko‘chasida joylashgan “Jabbor og‘a” umumiy ovqatlanish oshxonasi oldida bir dona qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 1,16 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini boshqa bir fuqaroga 300.000 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.