Romitan tumanida mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Bunda, tuman IIB xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar, mahalla yettiligi, nuroniylar va jamoatchilik nazorati vakillari bilan birga ijtimoiy nosog‘lom, nizoli, notinch oilalar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dardu-tashvishlari, duch kelayotgan muammolari o‘rganilib, tizimli ishlar tashkillashtirilmoqda.
Ruhiy kasallikka chalingan va spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lovchilar, alohida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan shaxslar o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida ham manzilli ishlar olib borilib, turli jinoiy tajovuzlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari ham olib borilmoqda.
Shuningdek, tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, nazorat tadbirlarini kuchaytirish maqsadida mahallalarda, jamoat joylarida kameralashtirish ishlari izchil olib borilmoqda.