12 Avgust 2023 yil 917

Romitan tumanida talonchilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Joriy yilning 10-avgust kuni taxminan soat 04:00 larda, nomaʼlum shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, Romitan tumani Gazli shaharchasi “Gazli” MFY cho‘l massivi hududidagi “Inter Engineering” kompaniyasi tomonidan gaz quvurlarini montaj qilish ishlarini bajarayotgan bo‘linma maxsus texnikalari yig‘ib qo‘yilgan manzilga borib, u yerdagi “XCMC” rusumli ekskavator va “DAIFENG” rusumli “truboukladchik” maxsus texnikalarning dizel yoqilg‘isini yashirin ravishda talon-toroj qilayotgan vaqtlarida, ushbu obyektning ishchisi tomonidan sezib qolingan.

Ishchi jinoiy guruh aʼzolarini to‘xtatmoqchi bo‘lganida, unga tahdid qilib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, jami 3.310.285 so‘mlik 395 litr dizel yoqilg‘isini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Romitan tumani “Qoqishtuvon” mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan M.S. ismli shaxs va uning mahalladoshi 1984-yilda tug‘ilgan J.A. hamda tumanning “Qumrabot” mahallasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan B.Sh.lar sodir qilganliklari fosh etildi.

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning xatti-harakatlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech