13 Aprel 2023 yil 459

Romitan tumanida tilla buyumlarni o‘margan shaxs 4 yildan so‘ng fosh etildi

2019 yil mart oyida nomaʼlum shaxs Romitan tumani Afrosiyob mahallasida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan B.T. ismli ayolning yashash uyidan qiymati 60 mln so‘mlik tilla buyumlarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu tumanning Navbahor mahallasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan U.B. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda gumon qilinuvchi U. B. ga nisbatan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech