27 May 2023 yil
418
Romitan tumanida uyining tomarqa yerida giyohvanlik vositasini ekib parvarishlab kelayotgan shaxs fosh etildi
Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Qoradori-2023” keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlar doirasida olingan tezkor maʼlumot asosida 2023 yilning 23 may kuni soat 20:03 larda, tuman IIB xodimlari tomonidan Romitan tumani “Sho‘robod” mahallasida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan Y.G.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, uning tomarqa yer maydonida viloyat IIB EKB ning sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosaiga ko‘ra xulosasiga ko‘ra, xo‘l holatdagi ikki tup “Kannabis” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 270 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.