25 Iyul 2023 yil
491
Romitan tumani: Yashash xonadonida ko‘p miqdordagi giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxs fosh etildi
2023-yilning 18-may kuni soat 02:35 larda Romitan tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning “Tarnaut” mahallasida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan F.F. ismli shaxsning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda tomorqasida jami 13 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan fuqaro F.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.