2 Iyun 2023 yil 479

Romitanda bundan roppa rosa ikki yil muqaddam sodir etilgan chorva mol o‘g‘irligi fosh etildi

2021-yilning 20-may kunidan 21-mayga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Romitan tumani “Baxtiyorchi” mahallasi Yangiobod cho‘l massividan shu massivda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.S. ga tegishli bo‘lgan bahosi 10.000.000 so‘mlik 1 bosh qora molini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib bir qator kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan edi.

Ammo, o‘sha vaqtda jinoyatni fosh etish bo‘yicha biror bir ijobiy natijalarga erishilmagan.

Olingan tezkor maʼlumot asosida to‘xtatib qo‘yilgan jinoyat ishi qayta tiklanib, olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Romitan tumanining “Bog‘cha” mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan S.S. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda uning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech