Ruxsat bo‘lmagan avtomashinaga suyultirilgan gaz uskunasi o‘rnatish uchun ruxsatnomani olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Peshku tumani Guliston mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan X.I. ismli shaxs bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, unga tegishli bo‘lgan 1980 yilda ishlab chiqarilgan “Mersedes-Bens” rusumli avtotransport vositasiga mumkin bo‘lmasada, vakolatli tanishlari orqali suyultirilgan gaz uskunasi o‘rnatish uchun tegishli ruxsatnomani olib berishni vaʼda qilib evaziga 750 AQSH dollari talab qiladi.
Departamentning Qorovulbozor hamda Shofirkon tumanlari bo‘limi va DXXning Romitan tumanlararo bo‘linmasi xodimlari hamkorligida, 2023 yil 25 iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar “Sitora” avtomashina bozoridagi avtomashina shinalari sotish do‘konida talab qilingan pullardan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.