Saf ko‘rigida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash muhokama qilindi
Bugun, 14-iyun kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev boshchiligida viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyonida mas'ullar va shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etish muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Unda, soha xodimlariga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
Tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning muammolari ham o‘rganilib, ijrosiga doir amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shundan so‘ng saf ko‘rigi o‘tkazilib, xodimlarning o‘z vaqtida ishga kelishi nazorat qilinib, xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, batalon xodimlarining xizmat kiyimini belgilangan tartibda kiyib yurishi, shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarning rasmiylashtirilganligi hamda tartib-qoidalariga rioya etilishi ham o‘rganildi.