3 Noyabr 2022 yil 597

Sayyor qabullar aholi murojaatlari yechimiga xizmat qilmoqda

Xalq bilan muloqot qilish, yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan, kezi kelganda qiynayotgan dardu muammolariga quloq tutish bugun davlat idoralari faoliyatining bosh mezoniga aylandi.

G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari, Azimjon Xoliqov boshchiligida tumanning “Olmazor” hamda “Qorabog‘” mahallalarida o‘tkazilgan sayyor qabullar ham murojaatlar yechimiga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Qabullarda turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, hududda “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Qabullarda 3 ta fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgan bo‘lsa, yana 3 nafar fuqaro imtiyozli kredit asosida mototsiklga ega bo‘ldi.

Shuningdek, davolanish uchun amaliy yordam so‘rab kelgan fuqarolarga bepul yo‘llanmalar taqdim etildi. 1 ta fuqaro doimiy ish bilan taʼminlandi.

Hududlardagi elektr hamda gaz taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli idoralar xodimlariga ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar viloyat 3 sektoriga qarashli barcha tumanlar, bundan tashqari shahar va tumanlarning 3 sektoriga qarashli mahallalarda tasdiqlangan grafik asosida davom etmoqda.

Text to speech