13 Mart 2023 yil 457

Samarqandlik shaxs buxorolik bir nechta fuqarolarning plastik kartasidan pullarni o‘mardi

2022 yilning 4 noyabr kunidan 2023 yilning 16 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Romitan tumani Iftixor mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan ayolning "Agrobank" tuman filiali tomonidan rasmiylashtirib berilgan plastik kartasidan hamda yana 5 nafar fuqarolarning plastik kartalaridan jami 37.366.700 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Samarqand viloyatb Ishtixon tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan R.A. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech