1 Aprel 2023 yil 546

Savdo do‘konidagi buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi

O‘tgan 2022 yilning 31 dekabr kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs fuqaro H.D.ga tegishli bo‘lgan Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘kon ichidan bahosi 1.600.000 so‘mlik “Vesta” rusumli televizor, oziq-ovqat hamda parfyumeriya mahsulotlarini o‘g‘irlab jabrlanuvchiga jami 8.148.000 so‘m moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Buxoro shahar "I.Mo‘minov" ko‘chasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan P.Sh. shu mahallada yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan R.M. hamda Buxoro shahar “Baxt” ko‘chasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan H.U.lar oldindan jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda mazkur jinoiy guruhning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech