2 Mart 2023 yil 453

Savdo do‘konidan buyumlarni o‘margan ayol topildi

2023 yil 8 fevral kuni soat 14:00 dan 15:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Peshku tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan fuqaro H.Nga tegishli bo‘lgan savdo do‘koniga xaridor sifatida kirib, sotuvchining boshqa xaridorlar bilan bandligidan foydalanib, do‘kondan umumiy bahosi 3.340.000 so‘mlik ayollar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumani Chorbakr ko‘chasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Ya.N. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech