8 May 2023 yil 252

Savdo do‘konini o‘margan shaxs qo‘lga olindi

2022 yil 17 dekabr kunida 18 dekabr kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01:00lar atrofida nomaʼlum shaxs Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Sh.D.ning “S.Boharziy” mahallsidan o‘tgan yo‘l yoqasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konida bo‘lgan 508.000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi  2-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Ko‘ksaroy ko‘chasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan Q.M.sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech