8 May 2023 yil 264

Savdo do‘konini o‘margan shaxs qo‘lga olindi

2022 yil 17 dekabr kunidan 18 dekabr kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Sh.D.ning “S.Boharziy” mahallasidan o‘tgan yo‘l yoqasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konidan 508.000 so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Ko‘ksaroy ko‘chasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan Q.M. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech